Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Mastantuono shu yozda «Real»dan ijaraga ketishi aniq

Mastantuono shu yozda «Real»dan ijaraga ketishi aniq

Baho:
+ | -

Hujumchi Franko Mastantuono shu yozda «Real»dan ijara asosida boshqa jamoaga o‘tadi.

Jurnalist Ben Fernandes Santosning ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi ertaga, 1 avgust kuni «Fiorentina»ga qarshi kechadigan o‘rtoqlik uchrashuvi uchun avstriyalik yig‘inga jamoa bilan birga yo‘l olmagan. Bunga hozirda Mastantuononi boshqa klubga ijaraga berish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani sabab bo‘lgan.

Franko Mastantuono 2025 yilda «River Pleyt»dan 45 million yevro evaziga «Real» safiga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali Mastantuononing bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:20, 31.07.2026.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик