Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Angliyada kamsitish uchun kamida 10 o‘yinlik diskvalifikasiya joriy etiladi

Angliyada kamsitish uchun kamida 10 o‘yinlik diskvalifikasiya joriy etiladi

Baho:
+2 | -

Angliyada yangi mavsumdan boshlab futbolchilarga, murabbiylarga va uchrashuvning boshqa ishtirokchilariga nisbatan kamsituvchi xatti-harakatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytiriladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya futbol assosiasiyasi (FA) yangi mavsum oldidan intizomiy qoidalarni yangiladi. Endilikda etnik kelib chiqish, teri rangi, irq, millat, din yoki e’tiqod, jins, jinsiy oriyentasiya hamda nogironlik bilan bog‘liq haqoratli yoki kamsituvchi harakatlar «og‘irlashtirilgan qoidabuzarlik» sifatida baholanadi.

FA bayonotida bunday holatlar uchun kamida 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya standart jazo sifatida qo‘llanishi belgilangan.

Shuningdek, intizom qo‘mitasi qoidabuzarlikda og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud deb hisoblasa, 10 o‘yindan ham uzoqroq muddatga chetlatish jazosini qo‘llashi mumkin.

Qayd etilishicha, yengillashtiruvchi omillar mavjud bo‘lsa, diskvalifikasiya muddati qisqartirilishi mumkin. Biroq jazo 6 ta o‘yindan kam bo‘lmaydi. Takroriy qoidabuzarlik sodir etgan shaxslarga esa yanada og‘irroq sanksiyalar qo‘llanadi.

Kiritildi: 19:30, 31.07.2026.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик