Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Chelsi» ochkolar olib tashlanishidan qutulib qoldi

«Chelsi» ochkolar olib tashlanishidan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

«Chelsi» Angliya Futbol assosiasiyasi (FA) tomonidan vositachilar (agentlar) bilan ishlash qoidalarini buzgani uchun rasman jarimaga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabrida «Chelsi» sobiq egasi Roman Abramovichning offshor kompaniyalari orqali moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. «Ko‘klar» Eden Azar, Ngolo Kante agentlariga hamda Villian va Samyuel Eto′O transferlari uchun Suleyman Kerimovga qilingan to‘lovlar sabab APLda ochkolar olib tashlanishi va yirik jarimaga tortilishi mumkinligi aytilgandi. Londonliklar sanksiyalardan qochish va kompensasiya to‘lash bo‘yicha Premyer-liga bilan muzokaralar olib borgan edi.

2025 yilning sentyabr oyida FA «Chelsi»ga 2009 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davrda sodir etilgan 74 ta qoidabuzarlik bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilgan edi.

«Chelsi» eshituvga qadar FA E1.2 qoidasi bo‘yicha 74 ta qoidabuzarlikni tan oldi. Mustaqil tartib-intizom komissiyasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartli ravishda 6 ochkoni olib tashlash vetosini qo‘ydi va 10 million funt sterling miqdorida jarima belgiladi.

Klub ochkolar olib tashlanishi qarori ustidan apellyasiya berdi va Mustaqil apellyasiya kengashi apellyasiyani qanoatlantirib, keyingi eshituvlardan so‘ng ushbu sanksiyani bekor qildi.

Buning evaziga Apellyasiya kengashi 2027 yil 30 iyunga qadar shartli ravishda ketma-ket keladigan ikkita to‘liq transfer oynasida yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘ydi.

Tartib-intizom komissiyasi tomonidan belgilangan 10 million funt sterlinglik jarima shikoyat qilinmaydi va butun summa bolalar futboliga investisiya qilinadi», — deyiladi FA bayonotida.

Kiritildi: 19:33, 31.07.2026.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик