Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

«Manchester Yunayted» Leauning transferi bo‘yicha «Milan»ga murojaat qildi

«Manchester Yunayted» Leauning transferi bo‘yicha «Milan»ga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi va «Milan» hujumchisi Rafael Leau faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.

Mashhur insayder va jurnalist Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi futbolchining ehtimoliy transferi borasida «Milan»ga so‘rov yuborgan.

Manbaga ko‘ra, «Milan» rahbariyati endilikda Leauni jamoaning teginilmas/asosiy o‘yinchisi deb hisoblamayapti va shu sababli uni sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchining o‘zi ham klubni va chempionatni o‘zgartirishga xaridor bo‘lib turibdi.

Oldinroq Turkiyaning «Fenerbaxche» va «Galatasaray» klublari ham 27 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani, Italiya klubi esa uni kamida 50 million yevroga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 19:43, 31.07.2026.
O'qildi: 1233 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик