Meksika futbol federasiyasi (FMF) ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijoriy huquqlaridagi ulushni xususiy investorlarga sotish taklifini o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.
«2026 yil 28 iyul kuni FIFA Meksika futbol federasiyasini prezident Janni Infantinoning dunyoda futbolni rivojlantirishning asosiy vositasi bo‘lmish FIFA Forward dasturi daromadlarini yangi moliyaviy model asosida oshirish taklifi haqida xabardor qildi.
Yuqorida aytib o‘tilgan xabarda FIFA federasiyalar ushbu mexanizmda ishtirok etish bo‘yicha asosli qaror qabul qilishlari uchun yangi model bilan bog‘liq ma’lumotlar va hujjatlarni tarqatish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilishini bildiradi.
Shu munosabat bilan, Meksika futbol federasiyasi (FMF) meksika futboli rivojiga eng yaxshi tarzda xizmat qiladigan qarorni qabul qilish uchun ushbu masalani atroflicha tahlil qiladi va o‘rganadi», — deyiladi FMF bayonotida.













