«An-Nasr» klubi 2026/27 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda va hozirda Portugaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Hujumchi Krishtianu Ronaldu ushbu yig‘in davomida jamoaga borib qo‘shilishi kutilgan edi, ammo rejalar o‘zgardi.
Goal portali jurnalist Riban al-Dosariga tayangan holda xabar berishicha, Ronaldu jamoa bilan mashg‘ulotlarni faqatgina «An-Nasr» Lissabondan Er-Riyodga qaytib kelganidan so‘ng boshlaydi.
«An-Nasr»ning Portugaliyadagi yig‘ini 5 avgust kuni yakuniga yetadi. Oradan ko‘p o‘tmay Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari bilan birgalikda yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishadi.
Saudiya Arabistoni chempionatining 1-tur matchini «An-Nasr» 15 avgust kuni o‘tkazadi.













