«Barselona» klubi Belgiya o‘smirlar terma jamoasi qanot hujumchisi Jessi Bisivuni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
18 yoshli futbolchi Belgiyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «NKST» klubidan Kataloniya jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Uning «ko‘k-anorranglilar» bilan imzolagan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
Avvalroq taniqli insayder Fabrisio Romano ushbu transfer «Barselona»ga 8,5 million yevroga tushishi, shuningdek, «NKST» futbolchining kelgusidagi ehtimoliy transferidan 20 foiz ulush olishi haqida xabar bergan edi.













