Kirish Ro'yxatdan o'tish

Infantino: «JCH-2030 tarixdagi eng yaxshi mundialga aylanadi»

Infantino: «JCH-2030 tarixdagi eng yaxshi mundialga aylanadi»

Baho:
+ | -2

FIFA prezidenti Janni Infantino Toj kuni munosabati bilan Marokashga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida mamlakat va uning futbol muxlislari haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Marokashliklar futbolni juda sevadigan insonlar. Ular milliy terma jamoasining har bir yutug‘ini katta quvonch va shavq bilan nishonlaydi», — dedi shveysariyalik funksioner.

Shuningdek, Infantino 2030 yilgi jahon chempionati tarixdagi eng yaxshi mundial bo‘lishiga ishonch bildirdi.

«2030 yilgi jahon chempionati, hech qanday shubhasiz, tarixdagi eng yaxshi mundial bo‘ladi. Chunki u eng go‘zal mamlakatlardan biri — Marokashda o‘tkaziladi».

Shuningdek, u o‘z so‘zini:

«Yashasin Marokash! Meni mehmon qilganingiz uchun rahmat», — deya yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi jahon chempionatiga Argentina, Paragvay, Urugvay, Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Turnirning asosiy qismi Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi, Urugvay, Argentina va Paragvay esa ilk jahon chempionatining 100 yilligi munosabati bilan ochilish uchrashuvlariga mezbonlik qiladi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 11:53, 01.08.2026.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик