«Nyukasl»ning chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlaridan biri.
Mankunianliklar rahbariyati «qarg‘alar»ning 21 yoshli futbolchisini himoyaning chap qanotini kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblamoqda, xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Asosiy qiyinchilik — «Nyukasl»ning talablari: klub bu yozda transferlardan allaqachon katta mablag‘ ishlab olgan, shu sababli Xollni sotishga ehtiyoj sezmayapti va uni saqlab qolishga qat’iy qaror qilgan.
Transfermarkt portali yosh angliyalik futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda Lyuis Xoll «Nyukasl» safida si barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma oshirgan. Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchini sotib olishga «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.













