Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Duglas Luis «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqchi

Duglas Luis «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarim himoyachisi Duglas Luis shu yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tish niyatida, deb yozadi Tuttosport.

Xabar qilinishicha, «Yuventus» braziliyalik futbolchini taxminan 30 million yevroga sotishga tayyor. Oldinroq uni turinliklar qiziqayotgan hujumchi Joshua Zirkzeega almashtirishlari mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Duglas Luis «Nottingem Forest» va «Aston Villa» safida ijara asosida APLda 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. Braziliyalikning «Yuventus» bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 18 million yevroga baholamoqda. Luis Turin klubiga 2024 yilning yozida «Aston Villa»dan ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:32, 01.08.2026.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик