«Chelsi» va «Manchester Siti» Shvesiyaning «Sirius» klubi hujumchisi Robbi Yur bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 22 yoshli hujumchiga «Arsenal», «Nyukasl» va «Tottenxem» klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq «Chelsi» va «Manchester Siti» uning transferini hal qilishga eng yaqin turibdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Yur barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 5 million yevroni tashkil etadi.













