Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«PSJ» Diomande transferining moliyaviy talablaridan chekindi

«PSJ» Diomande transferining moliyaviy talablaridan chekindi

Baho:
+1 | -

«RB Leypsig» vingeri Yan Diomandening «Real»ga o‘tishi tobora oydinlashmoqda. Shu bilan birga, matbuot 19 yoshli ivuarlik futbolchini boshqa top-klublar, xususan, «PSJ» bilan ham bog‘layotgan edi.

The Touchline nashrining jurnalist Romen Molinaga tayanib xabar berishicha, «PSJ»ni Diomande transferi bilan bog‘liq moliyaviy talablar cho‘chitgan. Faqatgina shartnoma imzolash bonusi va agentlik komissiya to‘lovlarining o‘ziga 20 million yevroga yaqin mablag‘ talab etilar edi.

Oldinroq nufuzli insayder Fabrisio Romano Yan Diomandening «Real»ga o‘tishiga hech qanday shubha qilmaslik kerakligini ma’lum qilgan edi.

Yan Diomandening bozor qiymati Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 90 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 14:18, 01.08.2026.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик