Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Kamoliddin Tojiyev: «O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik»

Kamoliddin Tojiyev: «O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik»

Baho:
+ | -

«Andijon» hamda «Paxtakor» (0:0) bahsidan so‘ng «Paxtakor» ustozi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

— O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Yigitlarga tushuntirgandik. Futbolchilar o‘z saviyasida o‘yin ko‘rsatishdi. Butun bahs davomida yaxshi o‘yin namoyish etdik. Gol urdik, hisoblanmadi. G‘alaba qozonishimizga yo‘l qo‘yishmadi. «Andijon» jamoasi emas, bunday o‘ynash qiyin.

— «Andijon» jamoasi emas, deb aytdingiz. Buni to‘liqroq izohlab bera olasizmi?

— O‘zlari bilishadi, ko‘rganlar ham bilishadi. «Andijon» yaxshi jamoa. Lekin bugun biz ochko yo‘qotdik. Biz uchun har bir ochko juda muhim.

— Matbuot anjumanlarida doim o‘yinchilar haqida to‘liq ma’lumot berib kelgansiz. Rustam Turdimurodovning «Andijon»ga o‘tishi qanchalik haqiqat?

— Bilmayman, bu haqda eshitmaganman. Bu gap qayerdan chiqdi, bilmayman!

— Qaydnomadan o‘rin olmagan Hojimat Erkinov va Hojiakbar Alijonovda jarohat bor edimi?

— Hojimat shu yerda edi, tiklana olmadi. Kichik jarohati bor. Alijonovda ham biroz jarohat bor.

— Qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatga izoh bera olasizmi?

— Ko‘rib chiqishimiz kerak. Ko‘rmasdan turib gapira olmaymiz. Ko‘rganimizdan keyin aytish mumkin.

— «Paxtakor» chempionlik uchun kurashyapti. Bugungi durang jamoangizning chempionlik yo‘lidagi imkoniyatlariga qanchalik ta’sir qiladi?

— Hali chempionatning yarmi oldinda. Oldinda ikkinchi davra turibdi, ko‘p o‘yinlar bor. Hozir hamma ochko yo‘qotyapti. Barcha jamoalar kuchli, yengil bo‘lmaydi. Baribir biz oxirigacha kurashamiz. Oldimizda maqsadimiz bor. Faqat keyingi o‘yinlarni yutishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:20, 02.08.2026.
O'qildi: 217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик