"Arsenal" hali "Nyukasl" bilan yarim himoyachi Brunu Gimaraesning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi.
Yaqinda turli nashrlar "kanonirlar" braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha "qarg‘alar" bilan shartlarni kelishib olgani haqida xabar berishdi. Jurnalist Aleks Krukning "Nyukasl"dagi manbalarga tayanib xabar berishicha, transfer hali yakunlanmagan. Yarim himoyachi London gigantlariga qo‘shilishi mumkin, ammo klublar hali ham ba’zi tafsilotlarni aniqlashtirishlari kerak.
Transfer narxi haqidagi xabarlar ham turlicha, ammo u 80 million yevrodan 100 million yevrogacha bo‘lishi mumkin. O‘tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi 41 ta o‘yinda to‘qqizta gol urgan va sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan.













