Madridning «Real» klubi hujumchisi Karlos Espi jamoa safidagi debyut o‘yinidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
21 yoshli futbolchi Italiyaning «Fiorentina» klubiga qarshi kechgan mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvining 75-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Ispaniyalik futbolchi maydonga tushgan vaqtda tabloda yakuniy 2:2 hisobi qayd etilib turgan edi.
«O‘zimni dunyodagi eng baxtli insondek his qilyapman. Debyutimdan juda xursandman. Jamoaga yordam berish uchun bor kuchimni ishga solaman. Endi «Santyago Bernabeu»da debyut qilishni va «Real» bilan sovrinlar yutishni xohlayman», — dedi forvard.
Karlos Espi bor-yog‘i bir necha kun oldin «Levante»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. Transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etdi.













