Vinger Alexandro Garnacho «Aston Villa»dagi debyutidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Argentinalik futbolchi Birmingem klubiga «Chelsi»dan ijara asosida o‘tdi. U Indoneziyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida (3:1) birinchi bo‘limda maydonda harakat qildi, ammo natijali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.
«3 oy ichida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdim. Yana futboldan zavq olayotganimdan juda xursandman. Har kuni 1 foizdan oldinga. Rahmat, Indoneziya! Tezda ko‘rishguncha, Bangkok!» — deb yozdi Garnacho ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.













