«Pari Sen-Jermen» «Ayaks» vingeri Mika Godtsni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqinlashdi. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Fransiya klubi amsterdamliklarga rasmiy taklif yuborib bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, «PSJ»ning boshlang‘ich taklifi 40 mln yevrodan oshadi, bonuslarni hisobga olganda bitimning umumiy summasi 45 mln yevro atrofini tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, «Ayaks» dastlab 21 yoshli belgiyalik futbolchini 60 mln yevroga baholagan edi, biroq klublar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, Godtsning o‘zi «PSJ»ga o‘tishga rozilik berib bo‘lgan va tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini po‘laligicha kelishib olishgan.
Godts 2023 yildan beri «Ayaks» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida belgiyalik vinger 113 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 27 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













