Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Bavariya» xavbeki: «Biz bundan ham ko‘prog‘iga qodirmiz»

«Bavariya» xavbeki: «Biz bundan ham ko‘prog‘iga qodirmiz»

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Konrad Laymer Myunxen jamoasi yangi mavsumda yanada kuchayish niyatida ekanini ma’lum qildi. Yaqinda klub bilan shartnomasini 2029 yilning yozigacha uzaytirgan avstriyalik futbolchi jamoa allaqachon yangi maqsadlarga e’tibor qaratganini ta’kidladi.

«Biz hammamiz birgalikda yanada sifatliroq futbol ko‘rsata olamiz. Yangi mavsumni aynan shunday kayfiyat bilan boshlamoqchimiz. O‘tgan mavsum yaxshi o‘tdi, ammo biz bundan ham ko‘prog‘iga qodirmiz va bunga erishmoqchimiz», — deya Laymerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bundesliga rasmiy sayti.

«Bu yerda har kuni klubning har bir trofeyni yutishni istashini his qilasiz. Aynan shu narsa «Bavariya»ni o‘zgacha qiladi. Biz yana barcha sovrinlar uchun kurashmoqchimiz», — dedi futbolchi.

O‘tgan mavsumda myunxenliklar ichki arenada «oltin dubl»ni rasmiylashtirishdi, ammo Chempionlar ligasi yarim finalida turnirning bo‘lajak g‘olibi — Fransiyaning «PSJ» klubiga imkoniyatni boy berib, final ostonasida to‘xtashgan edi.

«Bavariya»ning yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yini 22 avgust kuni Germaniya Superkubogi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechadi.

Kiritildi: 05:19, 03.08.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик