Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Luis Enrike «PSJ»ga Pedrini sotib olishni taklif qildi

Luis Enrike «PSJ»ga Pedrini sotib olishni taklif qildi

Baho:
+ | -

«PSJ» «Barselona» yarim himoyachisi Pedrini sotib olishga urinib ko‘rmoqchi va futbolchining transferi bo‘yicha ilk taklifni tayyorlamoqda, deb xabar beradi El Nacional.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 90 million yevro taklif qilishga tayyor. «PSJ»ning Pedriga bo‘lgan qiziqishi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri (Luis Enrike uni jamoasida ko‘rishni istagan edi) faoliyatini davom ettirish uchun «Real»ni tanlaganidan so‘ng yanada kuchaydi.

Pedri 2020 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 245 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 33 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Pedrining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:04, 03.08.2026.
O'qildi: 1267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик