Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

«Sevilya» «Real» darvozabonini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Sevilya» «Real» darvozabonini o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

«Sevilya» Madridning «Real» klubi darvozaboni Fran Gonsales transferini rasman e’lon qildi. Andalusiya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 21 yoshli darvozabon 2031 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Tomonlar bitimning moliyaviy shartlarini oshkor qilishmadi.

Shu bilan birga, Ispaniya OAV avvalroq «Real» bu transferdan taxminan uch million yevro olishi haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, Madrid klubi futbolchining iqtisodiy huquqlaridan 50 foizini o‘zida saqlab qoladi va shartnomaga uni qayta sotib olish opsiyasini ham kiritadi.

Fran Gonsales 2022 yilning yozida «Real» futbolchisiga aylangan va klub tizimi orqali asosiy jamoagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Golkiperning asosiy tarkibdagi debyuti 2024/25 yilgi mavsumda «Valensiya»ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan edi.

Kiritildi: 14:38, 03.08.2026.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик