«Chelsi» doping sababli belgilangan diskvalifikasiya muddati qisqartirilganidan so‘ng yana musobaqalarda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan ukrainalik vinger Mixail Mudrik bo‘yicha ko‘plab so‘rovlar oldi.
The Sun jurnalisti Jek Rosserning xabar berishicha, londonliklar bilan Angliya Premyer-ligasining uchta klubi, jumladan, Frenk Lempard murabbiylik qilayotgan «Koventri Siti» bog‘langan. Mudrik va Lempard 2023 yilda «Chelsi»da birga faoliyat olib borishgan.
Ta’kidlanishicha, 25 yoshli ukrainalik futbolchiga APLdan tashqari yana uchta Yevropa klubidan ham qiziqish bor.
Bugun Mudrik «Chelsi»ning Gonkongdagi mashg‘ulot yig‘iniga kelib qo‘shildi.













