«Milan» «Arsenal» yarim himoyachisi Itan Nvanerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Matteo Moretto xabar bermoqda.
Italiyaliklar allaqachon transfer shartlarini so‘rashgan. Ammo Nvaneriga talab yuqori. «Arsenal» futbolchisini, shuningdek, «Everton», «Fulxem» va «RB Leypsig» ham sotib olish niyatida. Futbolchining mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt yarim himoyachining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Itan Nvaneri «Arsenal» safida APLda jami 34 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda yarim himoyachi to‘rtta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.













