«Arsenal» va «Nyukasl» yarim himoyachi Bruno Gimaraesning transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshladi. iPaper nashrining xabar berishicha, «qarg‘alar» braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha birinchi rasmiy taklifni rad etishdi.
Ta’kidlanishicha, taklif qilingan summa «Nyukasl»ning 80 million funtdan (93,5 million yevro) yuqori bo‘lgan talabiga sezilarli darajada yetmagan. Shunga qaramay, «Arsenal» Gimaraes bilan shartnoma imzolashga bo‘lgan urinishlarini davom ettiradi.
28 yoshli Bruno Gimaraesning o‘zi «Arsenal»ga o‘tishni xohlamoqda.
Qo‘shimcha qilish joizki, Gimaraes «Nyukasl» safida 195 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, ularda 31 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













