«Real» ijtimoiy tarmoqlarda post joylab, Vinisius Junior, Bernardu Silva va Braim Dias jamoa ixtiyoriga kelganini ma’lum qildi.
Futbolchilar Jahon chempionatida ishtirok etganliklari sababli berilgan uzaytirilgan ta’tildan so‘ng 2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlashmoqda. Ishga kirishishdan oldin braziliyalik, portugaliyalik va marokashlik futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.
Ta’kidlash joizki, Bernardu Silva shu yozda «Manchester Siti» bilan shartnomasi tugagach, erkin agent maqomida «Real»ga o‘tgan edi.
«Real» Ispaniya chempionatining birinchi turidagi o‘yinini shanba kuni, 22 avgustda — safarda «Espanyol»ga qarshi o‘tkazadi.













