Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mudrik «Chelsi» bilan mashg‘ulotlarga qaytdi (FOTO)

Mudrik «Chelsi» bilan mashg‘ulotlarga qaytdi (FOTO)

Baho:
+1 | -

Vinger Mixail Mudrik «Chelsi» bilan mashg‘ulotlarni qayta boshladi. The Touchline sahifasida Mudrikning «Chelsi» libosida tabassum qilib turgani aks etgan fotosurat e’lon qilindi. Uning yonida «aristokratlar»ning yana bir futbolchisi — yangi xarid Danni Uelbekni ko‘rish mumkin.

O‘tgan haftada 25 yoshli Mudrikdan antidoping qoidalarini buzgani uchun qo‘yilgan diskvalifikasiya olib tashlangani e’lon qilingan edi. Mixail oxirgi marta «Chelsi» futbolkasida 2024 yilning kuzida maydonga tushgan.

Qo‘shimcha qilish joizki, Mixail Mudrik «Chelsi» safida 73 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 17:17, 03.08.2026.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик