«Bavariya» sport direktori Maks Eberl Myunxen klubi Bara Sapoko Ndiaye transferini yakunlashga yaqin turganini tasdiqladi. Bu haqda Bulinews xabar bermoqda.
18 yoshli senegallik futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara huquqi asosida Nemis grandi tizimida o‘tkazib, 4 ta o‘yinda maydonga tushgan edi, endi esa doimiy asosda «Bavariya» o‘yinchisiga aylanishi mumkin.
«Bu tobora realroq bo‘lib bormoqda va ko‘p vaqt olmasligi kerak», — dedi Eberl jamoaning Osiyo bo‘ylab turnesi chog‘ida jurnalistlarga.
Myunxenliklar Ndiayeni Gambiyaning «Gambinos Starz» klubidan sotib olishadi. Kelishuv summasi 5 million yevrodan kamroqni tashkil etadi.













