Hujumkor yarim himoyachi Magnes Akliush «Monako»dan «PSJ»ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Sky Sports xabariga ko‘ra, shu hafta oxirida Akliush ta’tildan qaytadi va Liga 1 grandi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
«Monako» va «PSJ» Akliushning transferini 50 million yevroga kelishib olishdi. Ushbu bitim «Liverpul» va «Arsenal» radarlarida turgan Bredli Barkolaning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.
Magnes Akliush 24 yoshda. Vinger «Monako»ning asosiy jamoasi safida 139 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 28 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yozda Akliush Jahon chempionatiga borgan edi, biroq u yerda faqat guruh bosqichidagi o‘yinlardan birida zaxiradan maydonga tushdi.













