Maurisio Pochettino AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi. AQSH Futbol federasiyasining rasmiy saytida Pochettino bilan shartnoma 2030 yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar uzaytirilgani haqida e’lon joylashtirildi.
«Maurisio futbolchilar jamoaga, jarayonga va bir-birlariga ishonadigan madaniyatni shakllantirdi. Biz ushbu ishonchning ta’sirini jamoaning qanday rivojlanganida, raqobatlashganida va dunyoning eng yirik arenasida qanday o‘yin ko‘rsatganida ko‘rdik», — dedi AQSH Futbol federasiyasi prezidenti Sindi Parlou-Kon.
Pochettino mezbonlik qilgan JCH-2026 musobaqasida AQSH terma jamoasiga ustozlik qilgan edi. Jamoa 1/8 final bosqichigacha yetib borib, u yerda Belgiyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.













