«Kristal Pelas» «Chelsi» himoyachisi Aksel Disasini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Oldinroq «ko‘klar» safiga Maksans Lakrua kelib qo‘shilgan edi. «Kristal Pelas»da Disasi Lakruaning o‘rnini bosa oladi deb hisoblashmoqda. A Seriya klublari ham vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Aksel Disasi ilgari «Parij», «Reyms» va «Monako» klublarida to‘p surgan, 2023 yildan beri esa «Chelsi» sharafini himoya qilmoqda.













