«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Real» vingeri Vinisius bilan suhbat o‘tkazdi.
Mutaxassis futbolchiga o‘z loyihasini taqdim etdi. Shuningdek, Arteta Vinisiusga braziliyalik futbolchi «Arsenal»ning yangi bosqichga chiqishiga yordam berishini ma’lum qildi. Vinger «Real» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha murakkab muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar hozircha kelisha olishmayapti.
Vinisius «Real»ga «Flamengo»dan o‘tgan edi. Madridliklar futbolchiga bo‘lgan huquqlarni 2018 yilda 45 mln yevroga sotib olishgan.













