«Barselona» Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrining «Manchester Siti»dan «Real»ga ehtimoliy o‘tishi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Cadena Ser xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, «ko‘k-anorranglilar»ning ispaniyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi Frenki de Yongning jarohati bilan bog‘liq. Kataloniyaliklar Rodrini sotib olish imkoniyatini o‘rganishmoqda va agar futbolchining o‘zi ularga qo‘shilish istagini bildirsa hamda moliyaviy sharoitlar kelishuv tuzishga imkon bersa, harakat qilishga niyati bor.
O‘tgan mavsumda Rodri barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan. O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 mln yevroni tashkil etadi.













