Qozonning «Rubin» klubi O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozovni jamoaning yangi futbolchisi sifatida tanishtirdi. Futbolchi Rossiya Premyer-ligasi klubiga Samarqandning «Dinamo» jamoasidan ijara huquqi asosida o‘tdi.
Qozon klubi safida O‘rozov 2026 yilning oxirigacha to‘p suradi. Yangi jamoada himoyachi 13-raqamni tanladi. Oldinroq Samarqandning «Dinamo» matbuot xizmati qozonliklarda futbolchini sotib olish huquqi bo‘lishini xabar qilgan edi.
/i/t/k/17857665011291602732.jpg)
O‘rozov «Dinamo» tarkibidagi uch mavsum davomida 55 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Joriy yozda u O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etdi. Futbolchi turnirda ikkita o‘yinda maydonga tushdi: Kolumbiya (1:3) va DR Kongoga (1:3) qarshi.













