Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Shvesiya futbol ittifoqi Infantinoni qayta saylovda qo‘llab-quvvatlamaydi

Shvesiya futbol ittifoqi Infantinoni qayta saylovda qo‘llab-quvvatlamaydi

Baho:
+1 | -

Shvesiya futbol ittifoqi 2027 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi saylovida Janni Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.

Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qaror dushanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda qabul qilingan.

Shvesiya futbol ittifoqi raisi Simon Estryom bu qarorga izoh berdi:

«Biz Janni Infantino rahbariyatiga endi ishonmaymiz. Bu FIFA faoliyatining uzoq vaqt davomidagi rivojlanishini baholashimiz natijasidir. Boshqaruv, shaffoflik va korporativ mas’uliyat borasida takrorlanayotgan kamchiliklarni ko‘ryapmiz».

Uning ta’kidlashicha, futbol ochiqlik, mas’uliyat va demokratik tamoyillarga hurmat asosida boshqarilishi lozim.

«Agar rahbariyatda bu qadriyatlarni ko‘rmasak, chora ko‘rishimiz shart. Shuning uchun UEFA va boshqa milliy assosiasiyalar bilan birgalikda muqobil nomzodni izlash ustida ishlaymiz», — dedi Estryom.

Avvalroq Infantino Jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish tashabbusini ilgari surgan, biroq futbol tashkilotlari va federasiyalari tomonidan bildirilgan keskin tanqidlardan so‘ng bu rejadan voz kechgan edi.

Ma’lumot uchun, Uels futbol assosiasiyasi Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgan ilk milliy federasiya bo‘lgan.

56 yoshli Janni Infantino 2016 yil fevral oyida FIFA prezidenti etib saylangan. Keyinchalik u ikki marta muqobilsiz tarzda qayta saylangan. FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylovlar 2027 yil mart oyida o‘tkaziladi.

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 20:58, 03.08.2026.
O'qildi: 864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик