Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Tramp Infantinoga FIFA prezidenti lavozimini saqlab qolishda yordam bermoqchi

Tramp Infantinoga FIFA prezidenti lavozimini saqlab qolishda yordam bermoqchi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Donald Tramp Janni Infantinoga FIFA prezidenti lavozimini saqlab qolishda yordam berishga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada FIFAning turnirlar huquqlarini sotish bo‘yicha FIFA Forward Enterprise (FFE) deb nomlangan yangi tijorat tuzilmasini tashkil etish rejalari haqida ma’lum bo‘lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederasiyalari tomonidan bildirilgan tanqidlar hamda UYEFAga a’zo mamlakatlarning JCHga boykot e’lon qilish tahdidi fonida bu g‘oyadan voz kechishga qaror qilgandi.

Bugun New York Post nashri Yevropa futbol assosiasiyalari tomonidan ishonch yo‘qotilgani manzarasida Infantino AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Shveysariyalik mutaxassis bo‘lajak FIFA saylovlari oldidan AQSH prezidenti ma’muriyatining qo‘llab-quvvatlashiga erishish uchun Tramp kabineti mulozimlari bilan telefon orqali bog‘lanishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Keyinchalik Rubioning yordamchisi Xalqaro futbol federasiyasi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Shunday bo‘lsa-da, AQSH prezidenti ma’muriyatidagi yuqori martabali mulozim Tramp Infantinoga yordam berishga harakat qilishini aytdi, deb yozmoqda The Telegraph.

«Janni bizga tarixdagi eng yaxshi jahon chempionatini o‘tkazishda juda katta yordam berdi. U prezidentga juda yoqadi. Prezident unga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishiga aminman.

Prezidentning u haqidagi fikri o‘zgaradi deb o‘ylamayman, chunki u o‘z ittifoqchilariga sodiqdir. Janni Jahon chempionatini Qo‘shma Shtatlarga olib keldi. Biz buni yuqori baholaymiz», — dedi manba.

Kiritildi: 06:09, 04.08.2026.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик