Yarim himoyachi Bernardu Silva yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirdi. Portugaliyalik futbolchi «Manchester Siti»ni tark etib, erkin agentga aylandi va tez orada «Real» bilan shartnoma imzoladi. Dushanba kuni Bernardu «qaymoqranglilar» qarorgohiga yetib keldi va mavsumga tayyorgarlikni boshladi. 31 yoshli portugaliyalik yangi klubini bir og‘iz so‘z bilan ta’rifladi.
«Real»ni ta’riflash kerakmi? Kuboklar», — dedi Bernardu Silva The Touchline nashriga.
Qizig‘i shundaki, mish-mishlar Bernardu Silvani «Barselona» bilan faol ravishda bog‘lagan edi, ammo u «Real»ga o‘tib, o‘z vatandoshi qo‘l ostida to‘p suradigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, shu yozda «qaymoqranglilar» boshqaruviga Joze Mourinyo keldi.













