Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Kroyf «PSJ»ning futbolchi bo‘yicha taklifini rad etdi

Kroyf «PSJ»ning futbolchi bo‘yicha taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

«Ayaks» direktori Yordi Kroyf hujumkor yarim himoyachi Mika Godts transferi bo‘yicha «PSJ» tomonidan berilgan taklifni rad etdi. Fransiya Liga 1 grandi 40 million yevro va yana 5 million yevro bonus ko‘rinishida taklif qilgan edi.

Kroyf Godts uchun 60 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilib, taklifni qaytardi. «Ayaks» direktori «PSJ» keng moliyaviy imkoniyatlarga ega ekanini va parijliklar futbolchilar sotuvidan allaqachon 160 million yevro atrofida daromad olishganini biladi. Bu haqda Mayk Verveyga tayanib The Touchline xabar bermoqda.

21 yoshli Mika Godts «Ayaks» safida 113 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urgan va sheriklariga 27 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 14:41, 04.08.2026.
O'qildi: 301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик