Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Mak Allister soch ektirdi

Mak Allister soch ektirdi

Baho:
+ | -

Aleksis Mak Allister sochi to‘kilayotganini aytib, o‘zining ustidan o‘zi kuladi. Bahorda futbolchi nega to‘satdan sochini olib tashlaganini quvnoqlik bilan tushuntirib bergan edi: «Ilgari men sochli kal odam edim, endi esa kal boshli kal odamman! Munosib tarzda ketish kerak edi, boshimdagi vaziyat allaqachon og‘irlashib borayotgandi».

Argentinalik futbolchi rejalashtirganidek, Jahon chempionatidan so‘ng soch ko‘chirib o‘tkazish operasiyasini amalga oshirdi. Jarayon futbolchiga Buenos-Ayresdagi ixtisoslashtirilgan klinikada o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Mak Allisterning operasiyadan keyingi fotosuratlari jadal tarqaldi.

Bu «Liverpul»ning ba’zi muxlislarida savollar tug‘dirdi. Yangi mavsum boshlanishiga juda oz vaqt qolmoqda, shu sababli fanatlar operasiyadan keyingi tiklanish jarayoni yarim himoyachining maydonga qaytishiga xalaqit bermaydimi, deb xavotirga tushishdi.

Xavotirga hech qanday asos yo‘q. Argentina OAV xabariga ko‘ra, muolaja aynan yozgi ta’tilga to‘g‘ri kelishi uchun oldindan rejalashtirilgan. Tiklanish muddatlari mavsumga tayyorgarlikka hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va Mak Allisterning o‘zi tez orada umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarga qaytadi.

Kiritildi: 15:13, 04.08.2026.
O'qildi: 1062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик