Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xansi Flik «La Masiya» tarbiyalanuvchisini yuqori baholadi

Xansi Flik «La Masiya» tarbiyalanuvchisini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning yosh futbolchisi Xavi Espart mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidagi o‘yinlari bilan Xansi Flikda katta taassurot qoldirdi. Bu esa uning kelayotgan mavsumda asosiy tarkibdan joy olish imkoniyatlarini oshirdi.

Diario SPORT nashrining xabariga ko‘ra, akademiya bitiruvchisi Ispaniya U19 terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgach, a’lo darajadagi sport formasida mavsumoldi yig‘inga yetib keldi. U musobaqada asosan tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qilgan edi. Biroq «Barselona»ga qaytgach, Espart o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida muvaffaqiyatli moslashib oldi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Flik va murabbiylar shtabi 19 yoshli futbolchining ruhiyati, himoyadagi ishonchli o‘yini va yangi pozisiyada rivojlanishga bo‘lgan intilishidan juda mamnun bo‘lishgan. Espart «Birmingem Siti»ga qarshi yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi, shuningdek, «Preston Nort End»ga qarshi rejalashtirilgan bahs bekor qilingach, jamoa ichidagi mashg‘ulot o‘yinida ham gol urishga erishdi.

Yaqinda Flik yosh futbolchini maqtab shunday dedi: «U ham o‘yinlarda, ham mashg‘ulotlarda o‘zining oliy darajadagi futbolchi ekanini ko‘rsatdi».

Espartning o‘zi ham o‘z maqsadlarini aniq bildirdi: «Mening maqsadim — shu yerda qolish va murabbiy menga ishonishda davom etishi uchun bor kuchimni (100%) beraman». U «Barselona»ning asosiy jamoasidan joy olish uchun Ektor Fort bilan raqobatlashishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:18, 04.08.2026.
O'qildi: 844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик