APLda ommaviy murabbiylar almashinuvi yuz berdi. 2026/27 yilgi mavsum oldidan birdaniga to‘qqizta klub bosh murabbiylarini o‘zgartirdi.
Eddi Hau «Nyukasl»ni tark etgach, ligada o‘tgan mavsumdagi murabbiylarini saqlab qolgan atigi 11 ta jamoa qoldi. Bir klubda bir necha yildan beri ishlab kelayotgan mutaxassislarni esa barmoq bilan sanoqli desa ham bo‘ladi.
Sky Sports aynan shu masala bilan shug‘ullandi. Ekspertlar Premyer-liga klublarining amaldagi murabbiylari o‘z lavozimlarida qancha vaqtdan beri ishlayotganini hisoblab chiqishdi. Barchadan uzoq vaqt davomida o‘z vazifasini bajarib kelayotgan Mikel Arteta bo‘lib, u «Arsenal»da o‘zining yettinchi yilini o‘tkazmoqda.


Unai Emeri «Aston Villa»da uch yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda, xuddi Daniel Farke «Lids»da ishlagani kabi. Birdaniga o‘nta murabbiy o‘z jamoalarida hali bir yil ham bo‘lishmadi, ularning ko‘pchiligi uchun bo‘lajak mavsum yangi klubda debyut mavsumiga aylanadi. «Nyukasl» esa hali yangi murabbiy topishi kerak — katta ehtimol bilan u Mattias Yayssle bo‘ladi.













