Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong
25/09 10:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam

Marca FIFA prezidenti lavozimida Infantinoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan beshta asosiy nomzodni ma’lum qildi

Marca FIFA prezidenti lavozimida Infantinoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan beshta asosiy nomzodni ma’lum qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ispaniyaning Marca gazetasi Janni Infantinoning o‘rniga FIFA prezidenti lavozimiga beshta asosiy nomzod nomini oshkor qildi.

Da’vogarlar qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:

  • Nasser Al-Xelaifi, «PSJ» prezidenti, Yevropa futbol klublari kengashi (EFC) raisi;

  • Viktor Montalyani, FIFA vise-prezidenti, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederasiyasi (KONKAKAF) prezidenti;

  • Aleksandr Cheferin, UYEFA prezidenti;

  • Sheyx Salman bin Ibragim Al Xalifa, Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) prezidenti;

  • Patris Mosepe, Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) prezidenti.

Ta’kidlanishicha, Montalyani eng mantiqiy variant hisoblanadi, chunki u FIFA Kengashi vise-prezidenti sifatida ishlaydi va tashkilotning ichki faoliyati bilan juda yaxshi tanish.

Nomzodlar tomonidan ariza topshirishning oxirgi muddati — 2026 yil 18 noyabr. Da’vogarni faqat milliy futbol assosiasiyasi ilgari surishi mumkin. Bunda nomzod kamida beshta federasiyaning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi kerak. FIFA prezidenti saylovining o‘zi 2027 yil 18 mart kuni Rabatda (Marokash) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 04:36, 05.08.2026.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик