"PSJ" darvozaboni Lyuk Shevalye joriy transfer oynasida "Yuventus"ga qo‘shilmaydi.
Parijliklar vakillari hujumchi Randal Kolo-Muani bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan paytda "Keksa sinyora"ga fransuz darvozaboni xizmatlarini taklif qilishdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Turin klubi 24 yoshli darvozabonni rad etishga qaror qildi.
Lyuk Shevalye o‘tgan yozda "PSJ" tomonidan "Lill"dan sotib olingan edi, ammo mavsum davomida asosiy tarkib uchun Matvey Safonovga yutqazdi.













