Ultimate Fighting Championship (UFC) egasi va tashkilotchisi TKO Group Holdings kompaniyasi Oq uyda bo‘lib o‘tgan UFC Freedom 250 tadbiri tufayli 30 million dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda TKO Group Holdings moliyaviy direktori Endryu Shleymer ma’lum qildi.
UFCning choraklik hisobotida umumiy daromad 29 fiozga o‘sib, 535,7 million dollarga, tuzatilgan foyda esa 15 foizga o‘sib, 280,4 million dollarga yetgani haqida xabar berilgan.
"UFC Freedom 250 ga kelsak, biz odatdagidan ancha yuqori xarajatlarga ega bo‘ldik, bu qisman global hamkorlik orqali janglar uchun sotilgan chiptalar bilan qoplandi. Eslatib o‘tamiz, biz ushbu tadbir uchun chiptalarni sotmadik va shuning uchun ulardan hech qanday daromad olmadik. Tadbirning ko‘lamini hisobga olgan holda, kutilganidek, taxminan 30 million dollar zarar ko‘rgan holda, bizning UFC va umuman olganda moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz sezilarli darajada pasaydi", - deya MMAFighting Shleymerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
UFC Freedom 250 turniri 14 iyun kuni Oq uyning Janubiy maysazorida bo‘lib o‘tdi. Asosiy jangda Djastin Getji to‘rtinchi raunddan so‘ng Iliya Topuriyani texnik nokaut bilan mag‘lub etib, UFC yengil vazn toifasidagi chempioni bo‘ldi.













