Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

«Aston Villa» «Atletiko» bilan himoyachi transferi bo‘yicha kelishib oldi

«Aston Villa» «Atletiko» bilan himoyachi transferi bo‘yicha kelishib oldi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Matteo Rudjeri «Aston Villa»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Marca ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya va Angliya klublari transfer bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lishgan. Bitim summasi 18 million yevroni tashkil etadi, yana 6 million yevro esa bonuslar ko‘rinishida nazarda tutilgan. O‘tishni yakunlash uchun futbolchining o‘z roziligini olish qoldi, xolos.

Qayd etilishicha, 23 yoshli italiyalik futbolchi «Atletiko» bilan birga Janubiy Koreyadagi mavsumoldi turnesiga uchib ketmagan, chunki u o‘z kelajagi bo‘yicha qarorni kutmoqda. Avvalroq himoyachiga «Yuventus» va «Roma» klublari ham qiziqish bildirgan edi.

Rudjeri Madrid jamoasi safida 2025 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U klub safida 47 ta o‘yin o‘tkazib, yettita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 20:06, 05.08.2026.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик