Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Ispaniyalik deputatlar sabab JCH-2030 mezbonlari o‘zgarishi mumkin

Ispaniyalik deputatlar sabab JCH-2030 mezbonlari o‘zgarishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniyaning hukmron koalisiyasi deputatlari hukumatni 2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini Marokash bilan birgalikda o‘tkazish rejasidan voz kechishga chaqirdi. Bunga Seuta shahridagi migrasiya inqirozi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda EFE agentligi xabar berdi.

Rejaga ko‘ra, JCH-2030 turnirining ochilish uchrashuvlari Urugvay, Paragvay va Argentinada bo‘lib o‘tadi. Turnirning asosiy qismiga esa Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, tashabbus Ispaniya parlamentining quyi palatasi — Deputatlar kongressida Ispaniya Sosialistik ishchilar partiyasi bilan hukmron koalisiyani tashkil etuvchi Sumar parlament guruhi tomonidan ilgari surilgan.

Deputatlar hukumatni FIFA, Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF) hamda Portugaliya hukumatini 2030 yilgi Jahon chempionatining amaldagi qo‘shma mezbonlik modeli bo‘yicha maxsus qayta ko‘rib chiqish va baholash zarurati haqida xabardor qilishga chaqirgan.

Shuningdek, ular Seuta chegarasida yuz bergan voqealarning turnir bilan bog‘liq inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarga qanday ta’sir ko‘rsatganini baholashni ham so‘ragan.

EFE qayd etishicha, avvalroq Portugaliya deputatlari ham shunga o‘xshash tashabbus bilan chiqib, Marokashning JCH-2030 mezbonligidagi ishtirokiga qarshi ekanliklarini bildirgan edi.

Ispaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyi oxirida qariyb 72 ming nafar noqonuniy muhojir suzib yoki Marokashdan Seutani ajratib turuvchi to‘lqin sindirgichni aylanib o‘tish orqali shahar hududiga kirishga uringan.

Madrid xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiylarni hududga yuborgan. Ispaniya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, kamida 75 kishi Seutaga yetib borishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan. Marokash tomoni esa 11 nafar qurbon haqida ma’lum qilgan. Shuningdek, taxminan 70 ming nafar migrant Marokashga qaytarilgani bildirilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:50, 05.08.2026.
O'qildi: 1440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик