Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Mbayening "Liverpul"ga o‘tishi Barkolyaning transferiga bog‘liqmas

Mbayening "Liverpul"ga o‘tishi Barkolyaning transferiga bog‘liqmas

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning "PSJ" vingeri Ibraim Mbayega bo‘lgan qiziqishi uning jamoadoshi Bredli Barkolyadan mutlaqo mustaqil.

"RB Leypsig" vingeri Yann Diomande borasida omadsizlikka uchraganidan so‘ng, "Liverpul" yozgi transfer oynasi uchun Barkolyani birinchi raqamli nishon sifatida belgiladi.

Biroq, "PSJ" Barkolyani 145 million funt sterlingga baholamoqda, bu esa "Liverpul" 18 yoshli Mbayeni afzal ko‘rishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga olib keldi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, bu taxminlar noto‘g‘ri. "Liverpul"ning Mbaye ga bo‘lgan qiziqishi Barkolyaga bo‘lgan niyatlaridan "mutlaqo mustaqil".

"Liverpul" ikkala futbolchini ham sotib olishga tayyor, ammo hozirda Barkolya uchun kelishuvga erishish juda qiyin ko‘rinadi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, shu yozda Jahon chempionatida Senegal terma jamoasi safida o‘ynagan Mbaye "Liverpul"ga o‘tishga qiziqmoqda.

Kiritildi: 22:41, 05.08.2026.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик