O‘zbekiston Superligasida iyul oyining eng yaxshi bosh murabbiyi nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ushbu sovrin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga nasib etdi.
Qosimov boshchiligidagi Olmaliq jamoasi iyul oyida o‘tkazgan uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozondi. Bu bahslarda OKMK raqiblar darvozasiga 9 ta gol urgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqdi.













