Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Didye Desham «Al-Ahli» bilan muzokaralar o‘tkazdi, xabar beradi RMC Sport.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, agar kutilmagan burilish yuz bermasa, 57 yoshli fransuz Saudiya klubini boshqarmaydi. Asosiy sabablardan biri — Saudiya futbolida qaror qabul qilish jarayonining o‘ziga xosligidir. Yakuniy so‘z ko‘pincha Saudiya Arabistoni davlat suveren fondiga (PIF) tegishli bo‘ladi.
Desham JCH-2026 dan so‘ng 14 yillik faoliyatiga yakun yasab, Fransiya terma jamoasini tark etgan edi. U ilgari «Marsel», «Monako» va «Yuventus» klublarini ham boshqargan.













