Kongo DR terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Gael Kakuta deyarli barcha professional futbolchilar o‘zlarining haqiqiy tuyg‘ularini yashirishlarini ta’kidladi.
«Aytgan bo‘lardimki, futbolchilarning 99,9 foizi baxtsiz, ya’ni ular allaqachon juda og‘ir yukni yelkalarida tashib yurishibdi. Ularning zimmasida juda katta mas’uliyat bor. Hech kim ularning aslida nimani his qilayotgani bilan qiziqmaydi.
Siz shunday dunyodasizki, u yerda faqat natija ko‘rsatish kerak. Lekin ma’lum bir nuqtaga kelib, yoningizda kim borligini tushunmay qolasiz. Ularning kimligini va nega yoningizda yurganini bilmaysiz. Ular bilan bo‘lgan munosabatlaringiz chinakammi-yo‘qmi — farqiga borolmaysiz.
O‘zingizni baxtlidek ko‘rsatishingiz mumkin, lekin kechalari xotirjam uxlay olasizmi? Ba’zilar majburlikdan dori vositalarini qabul qilishadi. Bu yerda gap aslo charchoqda emas», — deydi Kakutaning so‘zlarini keltirgan Capte Media.
JCH-2026 dan so‘ng 35 yoshli Kakuta Kongo DR terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi, 4 iyul kuni esa futboldan butunlay ketishini ma’lum qildi. Klub miqyosida u «Esteglyal», «Lans», «Amyen», «Rayo Valyekano», «Sevilya», «Chelsi», «Bolton», «Lasio», «Vitess» va boshqa jamoalarda to‘p surgan.













