Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Rikardo Kalafyori jamoa bilan bog‘lanayotgan yulduz futbolchilarning transfer xabarlariga izoh berdi.
«Kanonirlar» Madridning «Real» klubi forvardi Vinisius Junior uchun asosiy da’vogar hisoblanadi, shuningdek, yaqin orada jamoa safini yana bir taniqli braziliyalik — «Nyukasl»dan Bruno Gimaraes to‘ldirishi kutilmoqda.
«Biz endi ular bilan [«Real» kabi klublar bilan] bir xil darajadamiz. Biz cho‘qqidamiz va yana Premyer-ligada g‘olib chiqishni xohlaymiz. Albatta, biz yanada kuchliroq bo‘lishni istaymiz, buning uchun esa shunday futbolchilar kerak», — deydi jurnalist Konnor Xamm Kalafyorining javobini keltirib.
Mish-mishlarga ko‘ra, agar Vinisius «qaymoqranglilar» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmasa, «Arsenal» u uchun katta summa taklif qilishga tayyor.













