«Orlando Siti» forvardi Antuan Grizmann Ligalar kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan «Monterrey»ga qarshi o‘yinda (2:1) gol urdi.
35 yoshli futbolchi uchrashuvning 27-daqiqasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Amerika klubi safidagi to‘rtta o‘yinda fransuz o‘z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatma yozib qo‘ydi.
Bungacha Grizmann MLSda «San-Xose Ertkueyks»ga qarshi o‘yinda (4:0) gol urgan, shuningdek, «Nyu-York Red Bulls»ga qarshi bahsda (2:3) assist muallifiga aylangan edi.













